'
Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) kadrlar almashinuvi yuz bergan. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, universitet jamoasi yangi rektor To‘lqin Teshaboyev bilan tanishtirilgan.
Endilikda shu yilning 8 fevralida universitet rektori sifatida ish boshlagan O‘tkir Hamdamov o‘rniga To‘lqin Teshaboyev tayinlangan.
To‘lqin Teshaboyev ilgari Kasaba uyushmalari Federasiyalari Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Muqaddam esa o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekistondagi telekommunikasiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlovchi markaz hisoblanadi. Universitetning Farg‘ona, Urganch, Qarshi, Samarqand, Nukus shaharlarida filiallari mavjud. Oliygoh 1955 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti sifatida tashkil etilgan. 2002 yilda universitet maqomini olgan va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlana boshlangan.
Universitet saytidagi ma’lumotga ko‘ra, universitet va uning filiallarida 10242 nafar talaba tahsil oladi. Oliygoh 26ta xorijiy davlatning 42 universitet, 8 ilmiy-tadqiqot markazi, 12 korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan