14:48 / 05.10.2016
7 179

Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi

Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi

Kecha, 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Bryussel shahrida “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” shaklidagi mintaqalararo uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda "Qalampir" xabar bermoqda.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Evroittifoqning tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan iqtisodiy rivojlanishning turli jabhalariga urg‘u bergan holda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Yalpi majlis doirasida hamda boshqa shakllarda mintaqaviy va xalqaro muammolar, xavfsizlik va ekstremizmga qarshi kurash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi