Toshkentda o‘tkazilgan investision forumdagi chiqishida Respublikamiz bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov O‘zbekistonda alohida aholi guruhlarining o‘ta boyib ketishiga hukumat tomonidan ijozat berilmasligini ta’kidladi, deb yozadi mulohaza.uz cayti.
“O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q va bo‘lmaydi ham. Mamlakatda barqaror daromadli byudjetni ta’minlovchi yuqori tempda rivojlanuvchi ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturaga asoslangan umum iqtisodiy asoslarga tayangan mustahkam o‘rta qatlam shakllangan”, — dedi Azimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yil davomida daromad tengsizligning umum qabul qilingan ko‘rsatgichi – Jin indeksi 0,4 dan 0,29ga pasayishiga erishilgan. Rustam Azimovning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatgich aholi orasida barqarorlikning ta’minlanishi va ijtimoiy xotirjamlik asosi hisoblanadi. “O‘zbekistonda qatlamlarga ajralish, aholi orasida ziddiyat va kelishmovchiliklar yo‘q”, — deb qo‘shib qo‘ydi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz mazkur ma’lumotni ommalashtirgan sayt qaysi sana va yildagi Toshkentda o‘tgan investision forumni nazarda tutganini aniq ko‘rsatmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi