13:46 / 17.10.2016
9 664

Davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin

Davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasi 7 oktyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi tartibini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Hujjatda xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatga 59 tashkilot va kompaniya kirdi. Ular orasida Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Konstitusiyaviy sud, Oliy va Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Markaziy bank, vazirlik va davlat qo‘mitalari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, davlat ulushiga ega kompaniyalar bor.

Jumladan, doimiy propiskani «O‘zbekneftegaz», «O‘zavtosanoat», «O‘zbekenergo», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekiston temir yo‘llari» va boshqa kompaniya hamda aksiyadorlik jamiyati xodimlari olishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin