23:26 / 19.10.2016
8 253

Samarqandda pomidor kombaynda terib olinmoqda

Samarqandda pomidor kombaynda terib olinmoqda

Jomboy tumanidagi G‘ubdintog‘ qir-adirlari bag‘rida tashkil etilgan «Maroqand meva-sabzavot» fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatida yangicha yondoshuvlarni qo‘llab ko‘chatchilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilikda salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayapti.

Shu yilning bahor oylarida fermer xo‘jaligi dalasiga Italiyadan keltirilgan maxsus texnika vositasi yordamida 350 gektar maydonga tomatbop va bozorbop pomidor urug‘i qadalgan edi. Bu tashabbus bevosita Ukraina davlatida faoliyat ko‘rsatayotgan «Gelios-1» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan kelgan mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirildi.

Pomidorni etishtirish, uni yig‘ishtirib olish to‘la mexanizasiyalashtirilgan. Jumladan, mavsum davomida gektaridan 90-95 tonna tomatbop pomidor mahsulotlarini yig‘ishtirib olishda maxsus kombaynlardan foydalanildi. Bu esa ishchi kuchini tejab, mahsulot tannarxini pasaytirdi.

Xabarda bildirilishicha, pomidorni yig‘ishtirib olayotgan «aqlli» kombayn bilan har kuni 5-6 gektar maydondagi hosil saranjomlanadi. Kombaynning yana bir afzalligi, unga o‘rnatilgan kompyuter yordamida pomidor maxsus transportyorlar orqali tegishli texnika vositasiga, iste’molga yaroqsiz qismi boshqa transportyor tasmalari orqali yo‘naltiriladi.

Amalga oshirilayotgan bunday sa’y-harakatlar xalq dasturxonini sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, iste’moldan ortgan meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilish, iqtisodiyotga qo‘shimcha valyuta kiritish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratib, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda pomidor kombaynda terib olinmoqda