O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Prezident farmonini imzoladi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Unga muvofiq, 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-prosessual, fuqarolik prosessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sud muhokamasini adolatli va o‘z vaqtida o‘tkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda.
Jinoyat prosessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida:
jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;
qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovning eng ko‘p muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.
“Xabeas korpus” instituti qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumasiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlari sudlarga o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qo‘llash imkoniyati berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»