10:57 / 27.10.2016
8 649

Toshkentda bino qulashi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Toshkentda bino qulashi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

26 oktyabr kuni soat 11:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Farobiy ko‘chasidagi qurilish ishlari olib borilayotgan 393b-sonli bino konstruksiyalarining to‘satdan qulashi sodir bo‘ldi, deb yozmoqda Mulohaza.uz sayti.

«Ushbu favqulodda vaziyat natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 2 kishi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat sodir bo‘lishiga qurilish me’yor-qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.

FVV qutqaruv bo‘linmalari tomonidan bino vayronalari ostidan 2 kishi qutqarib olingan va halok bo‘lganlarning jasadi olib chiqilgan.

Qulash sodir bo‘lgan joyda FVV, IIV YoXB va Toshkent shahar hokimligining kuch va vositalari tomonidan vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda.Favqulodda vaziyat o‘chog‘i Toshkent shahar IIBB kuch vavositalari tomonidan o‘rab olingan hamda olib borilayotgan ishlar xavfsizligi ta’minlangan.

Yuzaga kelgan holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB va Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda bino qulashi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi