8 275
I.Karimov o‘zgalarning qizil gilamlarida kam yurgan aksincha, boshqalar uning oldiga kelishardi
Marhum Islom Abdug‘anievich o‘zgalarning qizil gilamlarida kam yurgan va aksincha, boshqalar uning oldiga kelishardi. Hozirda yangi rahbariyat ham xuddi shu yo‘ldan boradi degan tasavvur uyg‘onmoqda, dedi Qozog‘iston sobiq bosh vaziri Akejan Kajegeldin «Novaya gazeta»ga bergan intervyusida, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
AQShdagi saylovlar Markaziy Osiyoda qanday aks etishi haqida so‘zlarkan, Kajegeldin yaqinda Senatning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev rahbarligidagi delegasiya Vashingtonga tashrif buyurganiga e’tibor qaratdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi ko‘plab kuzatuvchilar O‘zbekistonning yangi rahbariyati o‘zining siyosiy kelajagi borasida to‘g‘ri qadam tashlayotganligini e’tirof etishmoqda.
«O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi ketmoqda, uning natijasini oldindan aytish mumkin. E’tibor bering, O‘zbekiston saylovlarni kuzatish uchun G‘arbdan kuzatuvchilarni taklif etdi. Saylov hech qanday soxtalashtirishlarsiz o‘tishiga Toshkentning ishonchi komil. O‘zbekiston hudud etakchisiga aylandi va Markaziy Osiyo, birinchi navbatda Afg‘oniston va Pokistonda barqarorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan xalqaro tashkilotlar hamda ittifoqlar O‘zbekistonga suyanadi», — dedi siyosatchi.
Uning fikricha, davlatchilikni bosqichma-bosqich shakllantirgan O‘zbekiston hududda jiddiy hamkor bo‘la olishini isbotladi. Bundan tashqari, mamlakat o‘zining geografik joylashuvi bilan ham ahamiyatli.
Klintonning saylovda g‘alaba qozonishi AQShning Markaziy Osiyo hududidagi faolligini oshirishiga Kajegeldinning ishonchi komil.
«Klinton muvaffaqiyat qozongudek bo‘lsa, Markaziy Osiyodagi faol siyosatga qaytiladi. Demokratlar bu mintaqada qanday xatolarga yo‘l qo‘yilganini bilishadi va bu xatolarni qanday to‘g‘rilash hamda qanday ish olib borish kerakligi haqida ularda tushuncha mavjud. Hozirda hududda diniy ekstremizmga qanday to‘sqinlik qilish savoli muhokama qilinmoqda. Demokratlar mintaqa beqarorlik manbai ekanligini yaxshi bilishadi», — dedi siyosatchi.
U Shtatlar yana ilgari faoliyat ko‘rsatgan radio, telestansiyalar va ijtimoiy tarmoqlarga homiylik qilishni boshlashi mumkinligini taxmin qildi. «AQSh uchun mintaqada O‘zbekistondan qiziqroq davlat yo‘q», — dedi ekspert. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi