16:49 / 01.11.2016
7 689

Yil oxirigacha O‘zbekiston yangi Talgo-250 elektropoezdini oladi

Yil oxirigacha O‘zbekiston yangi Talgo-250 elektropoezdini oladi

O‘zbekiston tezyurar Talgo-250 elektropoezdini yil oxirigacha qabul qilib oladi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi, deb Carzone.uz yozmoqda.

Elektropoezd 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturiga asosan olib kelinmoqda. Ushbu dastur doirasida 9,8 mlrd dollarlik 150ta investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ikkita lokomotiv, 10ta yo‘lovchi poezdi va restoran-vagondan iborat yangi poezd 287 nafar yo‘lovchini manziliga etkaza oladi. 38 mln dollarlik ikkita shunday tarkibni Ispaniya kompaniyasidan xarid qilish shartnomasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilgan.

Yangi tezyurar poezdlar «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradi.

Hozirda, O‘zbekistonda ikkita Talgo poezdlari harakatlanmoqda. Afrosiyob poezdlari «Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha qatnamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yil oxirigacha O‘zbekiston yangi Talgo-250 elektropoezdini oladi