6 849
2017 yilda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
2017 yilning boshida Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari qo‘shma komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkaziladi. O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Samarqandda o‘tkazgan muzokaralarida shu haqda kelishib olingan. Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida O‘zbekiston – Turkiya sarmoyaviy forumi ham tashkil etiladi.
Davlat rahbarlari ushbu uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarib, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikning yangi sahifasini ochishga xizmat qilishiga qat’iy ishonch bildirdilar.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.
Turkiya O‘zbekistonning an’anaviy va muhim savdo sheriklaridan biridir. 2015 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Ammo tomonlar qayd qilganidek, bu raqamlar mamlakatlarimiz salohiyatini aks ettirmaydi. Bu miqdorni yaqin yillar ichida 2-3 marta oshirish uchun etarli imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Turkiyaning 500 ga yaqin firma va kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan Turkiya sarmoyasi hajmi 1 milliard dollardan oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi