21:45 / 16.03.2015
7 089

Toshkentda gipnoz yo‘li bilan 3 million so‘m o‘g‘irlagan jinoyatchi qo‘lga olindi

Toshkentda gipnoz yo‘li bilan 3 million so‘m o‘g‘irlagan jinoyatchi qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Bektemir tumani Ichki ishlar boshqarmasiga 24 yoshli yigit o‘zi jabr ko‘rgan hodisa yuzasidan ariza bilan murojaat qildi, deb yozadi «Na postu» gazetasi.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, avtoturargohda uning oldiga noma’lum kishi kelib, unga g‘alati ovozda gapira boshlaydi va bundan jabrlanuvchi o‘zini go‘yo gipnoz holatida his qilib, 3 million so‘m pulini berib yuboradi.

Jabrlanuvchi va guvohlar bergan ko‘rsatmalarga binoan gumonlanuvchining fotoroboti chizildi va tez orada uning shaxsi aniqlandi. Bu jinoyatda ayblanib, Toshkent viloyatida yashovchi 32 yoshli shaxs qo‘lga olindi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda gipnoz yo‘li bilan 3 million so‘m o‘g‘irlagan jinoyatchi qo‘lga olindi