12:31 / 17.03.2015
11 385

Qashqadaryo viloyatida 21 ta yangi baliqchilik xo‘jaligi yaratiladi

Qashqadaryo viloyatida 21 ta yangi baliqchilik xo‘jaligi yaratiladi

Joriy yilda Qashqadaryo viloyatida 21 ta yangi baliqchilik xo‘jaligi yaratilishi rejalashtirilgan.

Bu ma’lumotlar Qarshida o‘tkazilgan baliqchilik sohasini rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq qilishga bag‘ishlangan anjuman davomida aytib o‘tildi.

Bu maqsadlarga 1 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Sohada yangi loyihalarni amalga oshirish natijasida viloyatda baliq etishtiradigan xo‘jaliklar soni 245 taga etkaziladi, har yili 3,5 ming tonna baliq etishtiriladi.

O‘tgan yili O‘zbekistonda 740 dan ko‘proq yangi baliqchilik xo‘jaliklari yaratilgan hamda sohada 2700 dan ko‘proq yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan 710 loyihaga 5 gektar tabiiy va 1908 gektar sun’iy suv havzalari ajratilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda baliqchilik sohasida 2,5 mingdan ziyodroq korxona va xo‘jalik faoliyat yuritadi. 2 mingdan ko‘proq xo‘jalik sun’iy, 500 dan ortig‘i tabiiy suv havzalarida baliq etishtirish bilan shug‘ullanadi. Baliqchilik korxonlarini kerakli texnik vositalar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, ularga ko‘llar va boshqa suv havzalarini uzoq muddatli ijaraga berish, imtiyozli kreditlarning ajratilishi hisobiga baliqchilik xo‘jaliklarining soni va ular tomonidan tayyorlanayotgan mahsulot hajmi oshib bormoqda.

O‘zbekistonda 500 ga yaqin ko‘l mavjud. Eng yirik Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga Tuzkon, Arnasoy va Aydarko‘l ko‘llari kiradi. Bu tizimning uzunligi 350 km, eni 45 km, chuqurligi esa 45 metrni tashkil qiladi.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qashqadaryo viloyatida 21 ta yangi baliqchilik xo‘jaligi yaratiladi