O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida "Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash jarayonlarining huquqiy asoslari" mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir doirasida parlament quyi palatasining yangilangan rasmiy veb-sayti (www.parliament.gov.uz)ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining 114 veb-sayti mavjud bo‘lib, ularning 50 foizi ingliz tilidagi shakliga ega.
Quyi palataning rasmiy veb-sayti foydalanuvchilarni mamlakatimiz oliy qonunchilik organlari faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlari to‘g‘risida xabardor qilib borish bilan bir qatorda parlamentning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining zamonaviy texnologik platformada yaratilgan, o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi shakllarga ega veb-saytining o‘ziga xos vazifa va xususiyatlari, keng imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi