Shved-fin telekommunikasiyaviy guruhi bo‘lmish TeliaSonera O‘zbekistondagi Ucell uyali aloqa operatori aksiyalarini sotish bo‘yicha kelishuvlarga bora olgani yo‘q, deb xabar qildi kompaniya rahbari Tonu Gryunberg Toshkentda "Kelajak shu erda" nomi ostida o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.
Shvesiyaning TeliaSonera kompaniyasi yil boshida rivojlanayotgan bozorlarni, shu jumladan O‘zbekiston bozorini ham tark etishni boshlashi haqida ovoza qilgan edi. Kompaniya o‘shanda O‘zbekistondagi aktivlarini sotuvga qo‘yishi haqida ham ma’lum qilgandi.
"Biz O‘zbekistonda bu jarayon (ulushni sotish, demoqchi, tahr.) bilan shug‘ullanmaymiz. Bu ish Stokgolmdagi ofisimiz zimmasida. Ushbu jarayon tezlashtirilmagan, qolaversa, biz ham shoshilayotganimiz yo‘q. Aytishim mumkin-ki, Ucell kompaniyasi O‘zbekistonda va shu erda faoliyat yuritishni davom ettiradi, bu shunchaki aksiyalar sotuvidir", — deya ta’kidladi Gryunberg. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi