21:12 / 27.11.2016
7 605

O‘zbekiston suverenitetiga rahna solishga urinadiganlarga qarshi keskin zarba beriladi

O‘zbekiston suverenitetiga rahna solishga urinadiganlarga qarshi keskin zarba beriladi

O‘zbekiston suvereniteti va mustaqilligiga raxna solishga urinadigan ichki va tashqi kuchlarning har qanday harakatlariga qarshi keskin zarba beriladi. Ushbu g‘oya Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida o‘z ifodasini topgan.

Xabarda aytilishicha, 1992 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalar O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Tub islohotlar natijasi­da zamonaviy, ixcham va ha­rakatchan, yaxshi tayyorlangan, mamlakat xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlari daxlsizligini ta’minlashga, o‘zbek xalqining tinch va osoyishta hayotini himoya qilish bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal qilishga qodir O‘zbek milliy armiyasi shakllangan.

Endilikda O‘zbekiston o‘z armiyasi uchun zarur kadrlarni o‘zida tayyorlash salohiyatiga ega bo‘lib, bugungi kunda Qurolli Kuchlar akademiyasida 7 ta, Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida 28 yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali ofiser kadrlar, serjantlar tayyorlash maktablarida esa 26 yo‘nalish hamda mutaxassisliklar bo‘yicha serjantlar tayyorlanmoqda.

“Zamonaviy talablarni, yuz berishi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlar teatrining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlarning tashkiliy-shtat tuzilishi prinsipial jihatdan o‘zgartirildi, tezkor-strategik boshqaruv, operativ tayyorgarlik va qo‘shinlarni jangovar qo‘llashning haqiqiy markaziga aylangan samarali boshqarish tizimi yaratildi.

1998-2002 yillarni qamrab olgan davrda harbiy okruglar tuzildi, Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashning zamonaviy talablarga javob beradigan tizimi shakllantirildi, harbiy operasiyalar amalga oshiriladigan eng muhim yo‘nalishlarda harakatchan, yaxshi ta’minlangan bo‘linmalar, birinchi nav­batda, sarhadlarimiz daxlsizligi va odamlarimizning tinch-osoyishta hayotini buzishga qaratilgan har qanday yovuz kuchlarning tajovuzkor xatti-harakatlariga qat’iy zarba berishga qodir bo‘lgan maxsus bo‘linmalar tashkil etildi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Qurolli Kuchlar qurilishi borasidagi rejalarga muvofiq, qo‘shinlarni modernizasiya qilish va eng yangi qurol-yarog‘ va texnika, jumladan, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyotlar, bronetank qurollari, artilleriya tizimlari, aloqa vositalari, alohida va guruh bo‘lib himoyalanish vositalari bilan qayta qurollantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilgan.

Xabarga ko‘ra, istiqlol yillarida harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy turar-joylar qurish, mavjud turarjoy fondini ta’mirlash, zamonaviy harbiy shaharchalarni qurish va rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, 2007 – 2015 yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturiga asosan 6 mingga yaqin harbiy xizmatchi uy-joy bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2016 – 2025 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturiga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning barchasini turar-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

“Ayni chog‘da xalqaro munosabatlar tarkibidagi o‘zgarishlar, dunyoda keskinlik, mojarolarning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishi, Markaziy Osiyo mintaqasida va jahonda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda doimo hushyor va ogoh bo‘lish, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Shuning uchun ham partiyamiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovoldi dasturida Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini har tomonlama mustahkamlash borasida bir qator g‘oyalar ilgari suriladi”, — deyilgan partiya xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston suverenitetiga rahna solishga urinadiganlarga qarshi keskin zarba beriladi