Xalq ta’limi vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, hamyurtlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan ko‘rib chiqish, qolaversa, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida Xalq ta’limi vazirining virtual qabulxonasi (www.uzedu.uz) ishga tushirildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Bugungi kunda fuqarolar Xalq ta’limi vazirligiga:
- Xalq ta’limi vazirining virtual qabulxonasi;
- “Ishonch telefoni” 10-06;
- [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilish va qisqa muddat ichida o‘z savollariga javob olish imkoniyatiga egalar.
Xalq ta’limi vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar amaldagi qonun talablari asosida qabul qilinib, o‘rnatilgan tartibda va qonun bilan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari doimiy nazoratga olinib, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olingan holda, ularning har biriga asosli javoblar qaytarilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi