O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Latviyaning Cleantech Latvia nodavlat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Shtab-kvartirasi Rigada joylashgan va 2006 yilda faoliyatini boshlagan tashkilot ekologik toza texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishda joriy etishga ixtisoslashgan bo‘lib, Latviya biotexnologiyalar assosiasiyasi uning ta’sischisi hisoblanadi. Evropa mintaqaviy rivojlanish fondi hamda Latviya investisiyalar va taraqqiyot agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Cleantech Latvia O‘zbekiston va Evroittifoq o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, xalq va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ilg‘or «yashil» texnologiyalarni joriy etish borasida hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda nodavlat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan birgalikda suv resurslarini boshqarish, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi va muqobil energetikani keng joriy etish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga kirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi