16:58 / 03.12.2016
8 106

Xorazmda vino zavodi direktorligi 20 ming dollar evaziga…

Xorazmda vino zavodi direktorligi 20 ming dollar evaziga…

Xorazm viloyat sudi «Urganch savdo uyi» yuriskonsultanti Q. Ibragimovni pora berish va firibgarlik bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortdi, deb xabar beradi Diydoraziz nashri.

Sudlanuvchi viloyatdagi eng yirik korxonalaridan biri «Urganch sharob» direktorligi kursisini orzu qilayotgan edi. Bu mansabga erishish maqsadida Ibragimov jinoyatga qo‘l uradi.

«Ibragimov «Urganch sharob» korxonasiga raxar izlayotgan yuqori tashkilotlarga chiqish uchun barcha tanish bilishlarini ishga soladi. Xususan, Termiz shahrining sobiq prokuror yordamchisi J. Karimov orqali 20 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni tegishli shaxslarga etkazishni uringan.» — deyiladi sud ishlari ma’lumotlarida.

Oqibatda O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Ibragimovni pora berish jarayonida qo‘lga oladilar. Natijada pora beruvchi va oluvchi ham sud qarori bilan 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorazmda vino zavodi direktorligi 20 ming dollar evaziga…