O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan tabrik maktubi keldi. Unda shunday deyiladi:
O‘zbekiston Respublikasining
caylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Hurmatli Shavkat Miromonovich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishingiz munosabati bilan samimiy qutlovlarimizni qabul qilgaysiz.
Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz Sizning vatandoshlaringiz orasidagi yuksak obro‘-e’tiboringizdan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hal etishdagi xizmatlaringiz keng ko‘lamda e’tirof etilganidan dalolatdir.
Rossiyada Sizni davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishning qat’iy tarafdori, deb biladilar. Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilikni bundan buyon ham mustahkamlab, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv hamkorlikni kengaytiraveramiz. Bu esa mamlakatlarimiz birodar xalqlarining tub manfaatlariga mos keladi, Markaziy Osiyoda hamda butun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi makonida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi.
Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Fursatdan foydalanib, Sizni o‘zingiz uchun qulay vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilaman.
Ehtirom bilan,
Vladimir Putin,
Rossiya Federasiyasi Prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?