23:14 / 06.12.2016
7 950

Qaysi umumiy ovqatlanish va avtotransport korxonalari majburiy sertifikatlashtiriladi?

Qaysi umumiy ovqatlanish va avtotransport korxonalari majburiy sertifikatlashtiriladi?

Bugun O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O‘zA tomonidan e’lon qilindi. Mazkur farmonga berilgan sharhda shunday deyiladi:

Farmonda turizm sohasida lisenziya berish, sertifikatlashtirish hamda boshqa ruxsatnomalar berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan davlat tomonidan boshqariladigan bir qator prinsipial yangi mexanizmlar belgilab qo‘yildi.

Jumladan, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab turizm faoliyatiga lisenziya berish vazifasi Vazirlar Mahkamasidan yangi tashkil qilingan davlat qo‘mitasiga o‘tkaziladi, bunda mehmonxonalar va odamlar yashaydigan boshqa joylarning lisenziya olishlari to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi. O‘z navbatida 2018 yildan boshlab xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini xorijiy turistlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash maqsadida majburiy sertifikatlash joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qaysi umumiy ovqatlanish va avtotransport korxonalari majburiy sertifikatlashtiriladi?