15:49 / 07.12.2016
9 441

Navoiy shahrida 2 nafar «folbin» qo‘lga olindi

Navoiy shahrida 2 nafar «folbin» qo‘lga olindi

Ikki noma’lum ayol Navoiy shahar Tinchlik ko‘chasida yashovchi ayolning uyiga kelib, «qizingizning baxtini ochib beramiz» deya aldov yo‘li bilan uning ikki turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini olib ketishgan. Jabrlanuvchi aldanganini bilgach, ichki ishlar organiga murojaat qilgan.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organi xodimlari jinoyat joyini ko‘zdan kechirib, jabrlanuvchi va uning qo‘shnilari bilan surishtiruv ishlari olib borishdi. Firibgarlarning tashqi ko‘rinishlari haqida ma’lumotlar to‘planib, bir qator tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi. Natijada gumonlanuvchilar tezda qo‘lga olinib, ular sodir etgan jinoyati to‘liq fosh etildi.

Aniqlanishicha, ular Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida yashovchilar 1959 yilda tug‘ilgan va 1981 yilda tug‘ilgan ayollar ekan.
Ushbu firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiy shahrida 2 nafar «folbin» qo‘lga olindi