Moskva shahar dumasining yodgorlik san’ati bo‘yicha komissiya payshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Rossiya poytaxtida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatilishi g‘oyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Komissiya raisi Igor Voskresenskiyga asoslanib Interfaks nashrining xabar berishicha, Karimovga Moskvada yodgorlik o‘rnatish g‘oyasi O‘zbekiston tomonidan bildirilgan.
Yodgorlik Polyanka ko‘chasidagi xiyobonga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
"Haykal O‘zbekiston elchixonasi fonida joylashadi", - deya qayd etgan Voskresenskiy.
O‘z navbatida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov komissiya a’zolariga ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildirgan.
"Haykal loyihasi xalqaro tanlov orqali tanlanadi", - degan elchi.
Haykaltaroshlik ishlari uchun to‘lovlar O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladi, hududdagi obodonlashtirish va qurilish ishlari xarajatlari Moskva byudjeti tomonidan qoplanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?