2016 yil 12 dekabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda mamlakatimiz Konstitusiyasining 98-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish masalasi Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Ma’lumki asosiy qonunimizga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Muhokamalar davomida ta’kidlanganidek bugun o‘z vakolatlarini amalga oshirishga kirishgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning saylovoldi dasturlarida ilgari surilgan, mamlakatimiz hayotiga bevosita dahldor masalalarni hayotga tadbiq qilish ko‘p jihatdan xukumatga rahbar bo‘ladigan insondan ham katta salohiyat va tashkilotchilikni talab etadi. Sababi, ushbu dasturda qo‘yilgan masalalar nafaqat iqtisodiyot, yoki ijtimoiy sohalar, balki ko‘plab boshqa sohalarda ham aniq belgilangan rejalarni amalga oshirishni talab qiladi.
Majlis ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir lavozimiga hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildilar.
Ta’kidlanganidek Abdulla Nigmatovich Aripov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati uchun mas’uliyatni to‘la zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor va talabchan, yangilikka intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar, quyidan yuqorigacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlardagi ijro organlarini boshqarishda etarli tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan fidoyi insondir.
Majlisda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?