8 193
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda va mazkur loyiha muhokamaga taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ma’lum qilgan.
«Biz O‘zbekistonning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik va mazkur loyiha umumxalq muhokamasiga taqdim etiladi», — deya prezident so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dasturdan 5 asosiy yo‘nalish: davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini modernizasiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi islohotlar va tashqi siyosat tamoyillari o‘rin oladi.
«Biz Vazirlar Mahkamasining ijro tizimiga jiddiy o‘zgarishlar kiritish orqali uni maqbullashtiramiz, jamiyat manfaatlariga javob beradigan tizimga aylantiramiz», — deya ta’kidlagan Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi