O‘zbekiston Prezidenti sifatida oldinda turgan vazifalar haqida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligiga e’tibor kuchaytirilishi haqida gapirdi.
«Biz uchun bebaho boylik bo‘lgan inson salomatligini asrash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning birlamchi bo‘g‘inidagi bo‘linmalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, tez tibbiy yordam va yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatadigan, ixtisoslashgan maxsus markazlarni yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish Hukumatning e’tibor markazida bo‘lishi darkor.
- Bu masalada kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi rahbar kadrlar to‘liq yangilandi va aytish mumkinki, ularning tarkibi kuchaytirildi.
Barchangizning xabaringiz bor, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha keyingi paytda aniq choralar ko‘rilmoqda va biz bu ishlarni qat’iy davom ettiramiz.
Bu boradagi islohotlar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish va dori vositalari bilan ta’minlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
- Xabaringiz bor, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan 15 ta maqsadli dasturning ayrimlari qabul qilinib, ularning ijrosiga kirishildi va yaqin vaqt ichida shu yo‘nalishdagi boshqa dasturlarning barchasini tasdiqlash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlanadi.
Mazkur dasturlarning barchasini yagona maqsad birlashtirib turadi. Ya’ni, ular yaqin 5 yilda aholi punktlarini, ayniqsa, qishloq joylar, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, zamonaviy muhandislik-kommunikasiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga doir bir qator dolzarb masalalarni hal etishga qaratiladi.» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi