14:44 / 20.12.2016
8 670

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining erto‘lasiga ilonlar in qurgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining erto‘lasiga ilonlar in qurgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahri Yashnobod tumani Fazogir mahallasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro Ozoda Diyorovaning uyidan ikki bora ilon chiqdi. Kun.uz’ning “1news.uz” saytiga asoslanib yozishicha, norasida farzandini katta qilayotgan ayol hojatxonadan chiqqan ilonlarni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan. Xavfli jonivorlar ko‘p qavatli uyning suv bosgan erto‘lasiga in qurgani aytilmoqda.

Xabarda “Erto‘laga kirarkanmiz, bir qarashdayoq muammoning mohiyatini angladik. Hammayoq zaxlab ketgan. Uzun va qorong‘i yo‘laklardan yurarkanmiz, axlatu balchiqqa duch kelamiz… Bunday ahvolni ko‘rib, bu manzilga hademay timsohlar ham “tashrif buyursa” ajab emas degan fikrga keldik!” deya sayt so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uyning isitish tizimi ham yaxshi ishlamasligi aniqlangani aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining erto‘lasiga ilonlar in qurgani ma’lum bo‘ldi