15:41 / 23.12.2016
10 733

Yangi yil bayrami tadbirlari qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Yangi yil bayrami tadbirlari qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Shu kunlarda O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Tuman va shaharlardagi markaziy xiyobonlar, maydonlarda bayram archalari o‘rnatilib, bezatilmoqda.

Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2016 yil 28 dekabrdan 2017 yil 8 yanvargacha o‘tkazilishi belgilangan. Bu haqda Madaniyat va sport ishlari vazirligi ma’lum qildi. Tadbirlarda O‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, «O‘zbeknavo” estrada birlashmasi san’atkorlari xamda poytaxtdagi teatr va sirk jamoalari, tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan folklor jamoalari ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi yil bayrami tadbirlari qachon boshlanishi ma’lum qilindi