O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat turar joylarini qurish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, turar joylar 2017−2018 yillarda qishloq joylarda namunali loyihalar bo‘yicha qurilishi belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar, shuningdek davlat organlarining hududiy (viloyat) bo‘linmalari rahbarlari uchun 0,06 ga uchastkaga ega bir qavatli besh xonali uylar, tuman (shahar) hokimiyatlari hamda davlat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari uchun esa ikki qavatli 0,04 ga uchastkaga ega hovlili birlashtirilgan uylar qurilishi belgilangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami bo‘lib 1682 ta turar joy (jumladan, 210 ta viloyat rahbarlari darajasida) qurilishiga 312,4 mlrd so‘m ajratiladi.
Qurilishlar mahalliy byudjetlar (joylardagi ijro organlari rahbarlari uchun), davlat byudjeti (MXXning hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun) hamda IIV, Adliya vazirligi, DSQ, DBQ va Bosh prokuraturaning shaxsiy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi