22:05 / 26.12.2016
8 129

O‘zbekiston Belarusga er yong‘oq etkazib beradi

O‘zbekiston Belarusga er yong‘oq etkazib beradi

Belarusning «Startfrukt» kompaniyasi delegasiyasi O‘zbekistonda mintaqalarida bo‘lib, mamlakatda etkazilayotgan er yong‘oq sifatiga baho berdi va etkazib beruvchilar bilan tanishdi. Bu haqda, «UzDaily» xabariga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.

Tashrif Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan edi.

Delegasiya Surxondaryo, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklari bilan tanishib chiqdi hamda O‘zbekistondan ko‘p miqdorda er yong‘oq etkazib berilishi bo‘yicha uzoq istiqbolli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

«O‘zagroeksport» bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra «Startfrukt» O‘zbekistondan Belarusga er yong‘oq etkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama eksport shartnomasini imzoladi.

Tovar etkazilishi 2017 yildan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Belarusga er yong‘oq etkazib beradi