O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib «GDaryo» xabar berdi. Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 6 oktyabrda qabul qilinib, 12 oktyabrda Senat tomonidan ma’qullangan edi, u 27 dekabrdan kuchga kirdi.
Qonunda «ijtimoiy xizmatlar» tushunchasi «xizmatlarga ehtiyojmand shaxslarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hayot sifatini oshirish, unga boshqa fuqarolar bilan teng tartibda jamoat hayotida ishtirok etish va (yoki) o‘z tayanch hayotiy ehtiyojlarini mustaqil qondirish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’lim, tibbiy, reabilitasiya va boshqa choralar» sifatida ta’riflanadi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga yolg‘iz va bir o‘zi istiqomat qilib, birovning yordamiga muhtoj bo‘lgan qariyalar; I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar; ishga layoqati bo‘lmagan yoki layoqati cheklangan fuqarolar; ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklari bo‘lgan shaxslar; etim bolalar va ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalar kiritildi.
Ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy hamrohlik va konsultativ ko‘mak xizmatlari, uyda parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar, muassasalarda kunduzi yoki qisqa vaqt davolanish chog‘idagi ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, internat muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar shaklida taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qozog‘istonda pedofillar umrbodga qamaladi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi