11:48 / 28.12.2016
7 542

O‘zbekiston tashqi yoritish tizimlarini modernizasiya qilishga 84,8 mlrd so‘m yo‘naltiradi

O‘zbekiston tashqi yoritish tizimlarini modernizasiya qilishga 84,8 mlrd so‘m yo‘naltiradi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi 68-sonli «Viloyatlar markazlarida va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizasiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2016—2019 yillarda tashqi yoritish tizimini modernizasiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lumotiga asoslanib Daryo xabar berdi.

Dastur energiya iste’molini yanada kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalar va tizimlarni joriy qilishdagi ustuvor yo‘nalishlarni tashqi yoritish sohasida amalga oshirish va respublika shaharlarining elektr yoritish sxemalarini optimallashtirishni o‘z ichiga olgan.

Bugungi kunda respublikaning 28 ta shahrida (Toshkent shahridan tashqari) moddiy va ma’nan eskirgan hamda energiya iste’moli ko‘p bo‘lgan ko‘cha chiroqlaridan foydalanilib kelinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2 779,2 km uzunlikdagi ko‘chalarda modernizasiya qilinishi talab etiladigan 82 883 ta ko‘cha chiroqlari mavjud.

Dasturda energiya iste’moli ko‘p bo‘lgan ko‘cha chiroqlarini zamonaviy energiya tejamkor svetodiod texnologiyalar bazasidagi yoritish uskunalariga almashtirish orqali respublika shaharlarining tashqi yoritish tizimini 2020 yilgacha modernizasiya qilish ko‘zda tutilgan.

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan 28 ta shaharlarning tashqi yoritish tizimini modernizasiya qilish loyihasining umumiy qiymati 84,8 milliard so‘mni tashkil qiladi (2017 yilda 24 milliard so‘m).

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 noyabrdagi PQ-2078-sonli «Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Toshkent shahrining ko‘chalarini yoritish tizimiga energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarni joriy qilish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq Toshkent shahar hokimligi («Toshshaharnur» DUK) tomonidan energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarni va elektr energiyadan rasional foydalanishni joriy qilish orqali shahar ko‘chalarining yoritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ivestision loyiha (2014—2017 yillar) amalga oshirilmoqda.

Dasturlarning amalga oshirilishi mazkur shaharlardagi ko‘chalarning tashqi yoritish sifatini yaxshilanishini ta’minlaydi va aholining farovon turmush kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratadi, hamda tashqi yoritishda sarflanadigan elektr energiya iste’molini yiliga 30 ming kVt ga, shu bilan birga Davlat byudjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun rejalashtiriladigan byudjet xarajatlarining qisqarishiga erishiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston tashqi yoritish tizimlarini modernizasiya qilishga 84,8 mlrd so‘m yo‘naltiradi