19:40 / 03.01.2017
7 833

O‘zbekistonda avtotransport ijrasining minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekistonda avtotransport ijrasining minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekiston hukumati 2017 yil uchun avtotransport vositalari ijarasining yangi minimal stavkasini belgiladi. Bu haqida Uzdaily'ga asoslanib Kun.uz sayti xabar berdi.

Unga ko‘ra, minimal stavkalar O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq belgilandi.

Minimal stavkalar avtotransport vositalarini ijaraga olishda soliq bazasining kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida belgilandi.

Mazkur mulkni ijaraga berishda jismoniy shaxslar daromadiga nisbatan belgilanadigan soliq shartnoma bo‘yicha ijara to‘lovi summasidan olinadi, biroq u belgilangan minimal stavkalardan kam bo‘lmasligi kerak.

Stavkalar avtotransport turiga qarab alohida belgilangan. Engil avtomobillar uchun oylik minimal ijara stavkasi 330 ming so‘mni tashkil qiladi (2016 yilda - 220 ming so‘m), boshqa transport turlari (mikroavtobuslar, avtobuslar, yuk mashinalari) uchun - 645 ming so‘m (430 ming so‘m).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda avtotransport ijrasining minimal stavkalari belgilandi