16:27 / 05.01.2017
8 316

O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlarga joriy etilgan yangi narxlar kuchga kirdi

O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlarga joriy etilgan yangi narxlar kuchga kirdi

2017 yilning 1 yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlarning narxlari oshirilishi haqida xabar berilgan edi.

1 yanvardan e’tiboran pivodan tashqari barcha alkogolli mahsulotlarning narxiga o‘zgartirish kiritildi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Unga ko‘ra:
• 1 litr vinoning eng kam ulgurji-sotuv narxi 5 400 so‘m, eng kam chakana narxi esa 6 500 so‘mni tashkil etmoqda. Uning 2016 yilda ulgurji-sotuv narxi 4500 so‘m, kam chakana narxi esa 5400 so‘m edi.

• 1 litr konyakning eng kam ulgurji-sotuv narxi 17 200 so‘m, eng kam chakana narxi 20 600 so‘mni tashkil etmoqda. Uning 2016 yilda ulgurji-sotuv narxi 13900 so‘m, kam chakana narxi esa 16700 so‘m edi.

• 1 litr aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining narxi eng kam ulgurji-sotuv narxi 12 900 so‘m, eng kam chakana narxi 15 500 so‘mni tashkil qiladi. Uning 2016 yilda ulgurji-sotuv narxi 10500 so‘m, kam chakana narxi esa 12600 so‘m edi.

Eslatib o‘tamiz, mahsulotlar bu narxlardan arzon realizasiya qilinishi mumkin emas.

Ma’lumot o‘rnida, alkogolli mahsulotlarga eng kam narxlar 2010 yilning 1 yanvaridan ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va realizasiya qilinishining oldini olish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida joriy etilgan. Ular ishlab chiqarish va realizasiya qilish uchun shakllangan minimal xarajatlar, zarur rentabellik darajasi hamda amaldagi soliqlar (ularning indeksasiyasi) va majburiy to‘lovlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlarga joriy etilgan yangi narxlar kuchga kirdi