2016 yil sentyabrdan adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Mazkur o‘zgarish Prezident Shavkat Mirziyoyevning 4 yanvardagi qarorida o‘z aksini topdi. Bu haqda Sof.uz xabar qildi.
Davletov to‘rtta oliy ta’lim muassasasi, xususan, Buyuk Britaniyadagi Varvik universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2001 yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida etakchi mutaxassis sifatida boshlagan. Keyinroq mazkur qo‘mitada bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
2004−2012 yillarda Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2012−2014 yillarda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud tizimi mustaqilligini ta’minlash tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari va direktor v.b, 2014−2016 yillarda — Prezident Devonida sektor mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi