15:08 / 10.01.2017
8 746

O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketadi

O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketadi

Yangi yil bayramini quyosh bilan kutib olgan O‘zbekiston xalqini yog‘ingarchilik va past darajali harorat kutmoqda. Gidrometeorologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 11-12 dekabr kunlari respublikamizda havo harorati keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Mamlakatimiz bo‘ylab yomg‘ir, qor yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 12 dekabr kuni kechasi harorat 10 darajagacha tushib ketadi. Kunduz kuni esa harorat 5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham harorat kechasi -7-2 daraja bo‘ladi. Kunduz kuni esa 5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi harorat -3 +2 daraja bo‘ladi. Kunduzi esa o‘rtacha harorat 5 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti.

Respublikaning boshqa hududlariga nisbatan iliq harorat hukmronlik qiluvchi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham 12 dekabr kuni harorat -5 darajagacha tushib ketadi. Kunduzi esa havo harorati o‘rtacha 5 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida ham kechasi harorat -7-2 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz esa harorat 7 darajagacha iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketadi