19:21 / 17.05.2015
6 417

2015 yilning I choragida O‘zbekistonda 49,6 million dollarlik grant mablag‘lari jalb qilindi

2015 yilning I choragida O‘zbekistonda 49,6 million dollarlik grant mablag‘lari jalb qilindi

O‘zbekistonda 2015 yilning birinchi choragida umumiy qiymati 49,6 million dollar bo‘lgan 76 ta grant jalb etildi, deb yozadi Kun.uz.

Jumladan, iqtisodiyot, moliyaviy bozor va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 0,7 million dollar miqdoridagi 4 ta grant mablag‘lari ajratildi.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga qiymati 29,6 million dollarni tashkil etuvchi 16 ta grant yo‘naltirilgan bo‘lsa, aholini ijtimoiy himoyalash hamda madaniyatni rivojlantirish ishlari uchun 1,6 million dollarlik 10 ta grant jalb qilindi.

Davlat xizmatlari tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlash va institusional rivojlantirish maqsadida esa 0,6 million dollardan iborat 5 ta grant mablag‘lari sarf etilmoqda.

Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish va bojxona organlari sohasining texnik ta’minoti masallari uchun 5,9 million dollar (2 ta grant) o‘zlashtirilgan bo‘lsa, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishga 1,2 million dollar (3 ta grant), shuningdek, ta’lim sohasida (xodimlar toifasi va malakasini oshirish, ularni o‘qitish) 5,9 million dollarlik 25 ta garnt mablag‘lari jalb qilindi.

Umumiy qiymati 0,4 millionni tashkil qilgan 2 ta grant ekologiya sohasidagi loyihalarni amaliyotgan tadbiq etish ishlariga jalb etilgan bo‘lsa, 2,4 million dollarlik 6ta grant qishloq va suv xo‘jaligini taraqqiy ettirishga yo‘naltirildi. 1,3 million dollarlik yana uchta grant O‘zbekistondagi boshqa yo‘nalishlarga safarbar etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2015 yilning I choragida O‘zbekistonda 49,6 million dollarlik grant mablag‘lari jalb qilindi