10:43 / 20.05.2015
7 748

Toshkentliklar Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila ta’sirini sezishdi

Toshkentliklar Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila ta’sirini sezishdi

20 may kuni tongida, soat taxminan 8:33 da O‘zbekiston va Tojikistonning ayrim hududlarida kuchli bo‘lmagan zilzila kuzatildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

"Toshkent" seysmologiya markazining ma’lum qilishicha, zilzila o‘chog‘i Afg‘oniston hamda Tojikistonning chegara hududida joylashgan.

Bu hodisadan hech kim jabrlanmagani aytilgan.

"Evropa—O‘rtaer dengizi seysmologiya markazi" xabariga ko‘ra, 5,5 magnitudali zilzila Tojikiston hududida sodir bo‘lgan. Er silkinishi episentri Dushanbedan123 kmsharqda10 kmchuqurlikda joylashdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentliklar Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila ta’sirini sezishdi