8 804
Gazeta va jurnallarga "O‘zbekiston pochtasi"ning sayti orqali obuna bo‘lish yo‘lga qo‘yiladi
Milliy matbuot markazida «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyatida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining o‘rniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb yozadi Kun.uz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan davrda kompyuterlashtirilgan pochta aloqa ob’ekti soni 1 ming 728 taga etdi.
Pochta aloqa ob’ektlari jamiyatning korporativ kompyuter tarmog‘idagi «Elektron pul o‘tkazmalari», «To‘lovlarni qabul qilish tizimi», «Pensiya to‘lovlari hisob-kitobi va nazorati tizimi», «Ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalarini nazorat qilish tizimi» va «Obuna» avtomatlashtirilgan tizimlariga bog‘langan.
Pochta tizimi xalqaro «PRIME» tizimiga ulangan. Mazkur tizim e’tiroznoma tushgan xalqaro posilkalarni tez va samarali qidirish bo‘yicha Butunjahon pochta ittifoqining «IBIS» xalqaro axborot tizimiga hamda xalqaro xat-xabarlar, jumladan, buyurtmali, qiymati e’lon qilingan va Express jo‘natmalarni qidirishda e’tiroznomalarni pochta operatorlari o‘rtasida elektron shaklda almashish imkonini beradi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida jamiyatning www.post.uz va www.pochta.uz saytlari doimiy ravishda modernizasiya qilinmoqda.
Aholining davriy nashrlarga obunasini tashkil etishda elektron to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Buning natijasida fuqarolar plastik kartochkalari yordamida «O‘zbekiston pochtasi»ning internetdagi sayti orqali gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi