07:54 / 18.05.2017
7 621

Shavkat Mirziyoyev yana Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev yana Turkmanistonga boradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017 yilning 19—20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 6—7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston – Turkmaniston muloqoti va Turkmanboshi shahridagi uchrashuv va muzokaralarning davomi bo‘ladigan ushbu tashrifda mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan «Avaza» milliy sayyohlik zonasiga ham tashrif buyuradi.

Davlat rahbarlarining muzokaralari yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev yana Turkmanistonga boradi