Toshkent metropolitenida mobil aloqa va shahardagi parklar, dam olish maskanlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida bepul simsiz internet qachon paydo bo‘lishi masalasiga oydinlik kiritildi, deb yozadi Kun.uz nashri. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov shu haqda berilgan savolga javob berar ekan, har safar ushbu masala muhokama qilinishi boshlanganida, dunyoning qaysidir nuqtasidagi metro bekatida terrorchilik akti sodir etiladi.
"Shu sababli, fuqarolarning xavfsizlik masalasi kun tartibiga chiqadi. Chunki, portlovchi qurilmalarni mobil telefon vositasida masofadan harakatga keltirish mumkin. Biroq, bu metroda hech qachon mobil va internet aloqa bo‘lmasligini anglatmaydi", — dedi vazir vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov.
Uning ta’kidlashicha, metropoliten rahbariyati bilan bu masaladagi muzokaralar olib borilmoqda, shu bilan birga, bugungi kunda metroda mobil aloqa va internet bo‘lishi zamon talabidir. Shu sababli mazkur loyihani "O‘zbektelekom" AJning sho‘’ba korxonasi “Uzmobile” tomonidan amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Shermatov, shuningdek, mamlakatda jamoat transportining boshqa turlari va umumiy foydalanishdagi jamoat joylari, xususan, parklar, xiyobonlar, yirik savdo majmualari va dam olish maskanlarini bepul wi-fi tarmoqlari bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilayotganini qayd etdi. Ayni vaqtda, uning me’yoriy-huquqiy jihatlari ishlab chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!