Jahon banki o‘zining navbatidagi «Biznes yuritish-2017: barcha uchun teng imkoniyatlar» deb nomlangan yangi reytingini e’lon qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Bruney-Dorussalom, Keniya, Qozog‘iston, Belarus, Indoneziya, Serbiya, Gruziya, Pokiston, BAA va Bahrayn «biznes yuritish»ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2015-2016 yillarda eng yaxshi natijalarga erishgan mamlakatlar 10 taligidan joy olgan.
Ushbu mamlakatlar, umumiy hisobda jami 48 ta tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar o‘tkazgan.
Hisobotda ta’kidlanishicha, reytingga kiritilgan 190 davlatning har birida tadbirkorlik qilish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan kamida bitta islohot olib borilmoqda. Ammo Yevropa va Markaziy Osiyo tadbirkorlik sohasida kamida bitta islohot o‘tkazayotgan mamlakatlar soni ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Reytingda birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya egallagan. Ikkinchida Singapur, uchinchida Daniya joylashgan. Hong Kong, Koreya respublikasi, Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya va Makedoniya kuchli o‘nlikka munosib ko‘rilgan. Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yuqoriko‘rsatkich Gruziyaga tegishli bo‘lib, u 16-o‘rinda. Markaziy Osiyo respublikalari orasida eng yaxshi natijani 35-o‘rinda joylashgan Qozog‘iston ko‘rsatmoqda. Qirg‘iziston 75-, Tojikiston 128-o‘ringa joylashtirilgan. Turkmaniston reytingga qabul qilinmagan.
Jahon banki reytingini tuzish bo‘yicha tadqiqotchilari O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyati va qulaylik muhitini respublikani 87-o‘ringa munosib ko‘rish bilan baholagan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi