date

Namangan tarix yozdi: Gullar festivali Ginnes rekordiga kirdi (video)

Namangan tarix yozdi: Gullar festivali Ginnes rekordiga kirdi (video)

Bugun, 24 may kuni Namangan shahrida 65-Xalqaro Gullar festivali tantanali ravishda start oldi. An’anaviy bayram bu yil ham o‘zining ko‘lami va betakror manzaralari bilan ajralib turmoqda. Festival 12 iyulga qadar davom etadi va shu davr mobaynida shahar haqiqiy gullar maskaniga aylanadi.

Tadbir oldidan Namangan bo‘ylab ulkan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, 150 million tupdan ortiq gul ko‘chatlari ekilib, ko‘chalar, xiyobonlar va dam olish maskanlari rang-barang libosga burkandi. Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ hududida bir oy davomida qariyb 30 million dona gul ekilgani e’tiborga loyiq.

Aynan shu natija Namanganga tarixiy yutuqni taqdim etdi — shahar “jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Ginnes rekordini o‘rnatdi. Maxsus sertifikat Ginnes rekordlari vakili Sheyda Subasi tomonidan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga tantanali tarzda topshirildi.

Endilikda Namangan dunyodagi sanoqli shaharlar qatoriga kirib, o‘z nomini Ginnes rekordlar kitobiga muhrlab qo‘ydi.

Festival doirasida esa madaniy tadbirlar ham avjida. Taniqli xonandalar sahnaga chiqib, tashrif buyuruvchilarga unutilmas lahzalar tuhfa etmoqda. Rang-barang konsert dasturlari, kuy-qo‘shiqlar va bayramona muhit mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namangan tarix yozdi: Gullar festivali Ginnes rekordiga kirdi (video)