14:06 / 21.02.2015
8 306

Abu-Dabida yuz bergan yong‘in tufayli o‘n kishi halok bo‘ldi

Abu-Dabida yuz bergan yong‘in tufayli o‘n kishi halok bo‘ldi

BAA poytxti Abu-Dabi shahrining Mussafa tumanida joylashgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotiladigan savdo markazi hududida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 8 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi RIA Novosti. Jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Bu yong‘in 20 fevral kuni, savdo markaziga yondosh hududdagi mehnat muhojirlari istiqomat qiladigan yotoqxonalardan kelib chiqqan va 7ta do‘konga tarqalgan. Voqea joyiga polisiya va qutqaruv xizmatlari etib kelib, yong‘inning salbiy oqibatlarini kamaytirishga erishishgan.

Ayni paytda polisiya bino egasini hibsga olgan va surishtiruv ishlari olib borish orqali yong‘inning asl sababini aniqlashga urinmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Abu-Dabida yuz bergan yong‘in tufayli o‘n kishi halok bo‘ldi