00:08 / 27.02.2015
8 825

Olimlar inson boyishi irsiyatga bog‘liqligini aniqladi

Olimlar inson boyishi irsiyatga bog‘liqligini aniqladi

Genre Kronvis va Stefan Sigel tomonidan Chicago Journal’da e’lon qilingan tadqiqotda pul jamg‘arish va to‘plashga moyillik inson irsiyatiga bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida so‘z boradi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Tadqiqotchilar Shvesiya soliq xizmati tomonidan taqdim etilgan aka-ukalar va egizaklarning, shuningdek, alohida shaxslarning 2003 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarini taqqoslab ko‘rgan. Natijada bir urug‘dan tug‘ilgan egizaklarning pullarga bo‘lgan munosabati alohida urug‘lardan tug‘ilgan egizaklarnikidan ko‘ra ancha o‘xshash bo‘lishi qayd etilgan.

Egizaklarning faqatgina uchdan bir qismigina pul jamg‘arish borasida o‘z egizagidan farqli harakat qilgani aniqlangan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu har bir inson o‘z moliyaviy holatiga alohida yondashadi degan qarashga mutlaqo zid keladi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar inson boyishi irsiyatga bog‘liqligini aniqladi