14:55 / 01.03.2015
7 491

Moskva shahridagi uylardan biridan 26 mln rubl o‘g‘irlab ketildi

Moskva shahridagi uylardan biridan 26 mln rubl o‘g‘irlab ketildi

Moskva shahri sharqida joylashgan Rublevka mavzesidagi uylardan biri “ship-shiydam” qilib ketildi. Bu haqda Moskva IIB ma’lumotiga asoslanib, “Interfaks” nashri xabar berdi.

“28 fevral kuni Rublevkadagi uylardan birida istiqomat qiluvchi ayol uning uyidan jami 26 mln rubl miqdoridagi boylik olib ketilgani haqida shikoyat bilan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘rilar xonadon sohibasi uyda bo‘lmagan vaqtda talonchilik uyushtirishgan. 58 yoshli uy sohibasining aniqlik kiritishicha, uydan 18 mln rubl pul hamda 8 mln rubl miqdoridagi tilla taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilgan.

Ayni vaqtda hodisa bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva shahridagi uylardan biridan 26 mln rubl o‘g‘irlab ketildi