Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Amerikaning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanishga qarshi chiqib, bolalarga WhatsApp va shunga o‘shagan messenjerlardan foydalanishda cheklov qo‘yishni taklif qildi, deb xabar bermoqda LifeNews.
«Yoshlar hozir televizor ko‘rmaydi, gazeta o‘qimaydi – ular o‘tirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qiladi. Biz yoshlar ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishi uchun ular bilan ishlaymiz», − dedi Qodirov. Ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolishni giyohvandlikdan ham yomon kasallik deb atagan Checheniston rahbari zamonaviy jamiyatni buzayotgan turli mish-mishlar aynan virtual tarmoq orqali tarqalayotganini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, turmush o‘rtog‘i va farzandlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirmasligini aytgan Ramzan Qodirovning o‘zi ulardan faol foydalanadi. Jumladan, Checheniston rahbarining Instagram’dagi sahifasi 850 mingdan ortiq obunachiga ega 4,7 mingdan ortiq xabar yozilgan.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi