11:57 / 07.09.2016
7 479

Erdo‘g‘an Obamaning Suriya bo‘yicha taklifini qabul qildi

Erdo‘g‘an Obamaning Suriya bo‘yicha taklifini qabul qildi

Rasmiy Anqara AQSh bilan Suriyaning Raqqa shahrini IShID jangarilaridan ozod etish borasida hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deya yozgan "Kun" nashri.

«Raqqa — IShID markazlaridan biri. Obama, xususan, biz bilan Raqqani bir yoqli qilmoqchi. Biz unga, bu masala biz uchun muammo emasligini aytdik», — degan Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Turkiya ikki mamlakat yuqori lavozimli harbiy mulozimlariga maxsus amaliyot ishlab chiqish taklifini bildirgan. Shundan so‘ng, «nima qilish kerak bo‘lsa, o‘sha amalga oshiriladi», — degan Turkiya rahbari. Uning aytishicha, Turkiya mintaqadagi mavjudligini ko‘rsatib qo‘yishi lozim.

Avvalroq, Erdo‘g‘an G20 sammitida Obama bilan Suriya masalasini ikki marta muhokama qilgani xabar qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Obamaning Suriya bo‘yicha taklifini qabul qildi