23:58 / 08.09.2016
12 777

Qirg‘iziston prezidentining 19 yoshli qizi yashirincha turmushga chiqdi

Qirg‘iziston prezidentining 19 yoshli qizi yashirincha turmushga chiqdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning 19 yoshli kichik qizi Aliya Shagieva to‘rt yildan buyon uchrashib yurgan yigitiga yashirincha turmushga chiqdi. Qiz to‘y haqidagi ma’lumotlarni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda”ga asoslanib “Qalampir” xabar berdi.

Aliyaning turmush o‘rtog‘i haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Uning ismi Konstantin bo‘lib, juftlikni bir-birlariga ularning do‘stlari tanishtirgan.

“Men juftliklarning birgalikda tushgan ehtirosli suratlarini ko‘rsam xafsalam pir bo‘ladi, aynan shuning uchun 4 yil davomida Kostya bilan tushgan birorta suratimni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmadim. Shuningdek, shaxsiy hayotimni ommaga ko‘z-ko‘z qilishni yotirmayman. Ammo bugun u bilan ajoyib kunni birga o‘tkazish, suratga tushish hamda uni ijtimoiy tarmoqqa joylash yoqimli bo‘ldi. Iliq shamol. Biz endi er-xotinmiz va tabriklarni qabul qilishga tayyorman”, deydi “Qirg‘iziston malikasi”.

Ko‘pchilik Aliyani tabriklab, ikki yoshga oilaviy baxt tilamoqda.

Aliya Shagieva dizaynerlik bilan shug‘ullanadi. U bir oy oldin bolalar uchun kiyim-kechak oshlab chiqarish bo‘yicha o‘z kompaniyasini tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning olti farzandi bo‘lib, ularning uch nafari o‘g‘il va uch nafari qizdir. Aliya dizaynerlik faoliyatini onasining familiyasida olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidentining 19 yoshli qizi yashirincha turmushga chiqdi