AQSh davlat rahbari Barak Obama mamlakat prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlovchi kampaniyadagi chiqishida Rossiya rahbari Vladimir Putinni Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning asosiy modeli, deb atadi. Bu haqida "Kun" nashri xabar berdi.
"Bir o‘ylab ko‘ring: "U (Putin) kuchli yigit. Qarang, uni qo‘llab-quvvatlash reytingi 82 foizni tashkil qiladi". Qarang - Saddam Husaynning reytingi ham 90 foiz bo‘lgan. Boshqacha o‘ylaydiganlarni hibsga olsang, shunday bo‘ladi. Bu inson - Donald Trampning asosiy modeli ekanligi haqida bir o‘ylab ko‘ring-a", - dedi Obama.
Shuningdek u Respublikachilar partiyasining avval Putinga qarshi bo‘lganini eslatib o‘tdi va birga ishlashga to‘g‘ri kelishidan qat’i nazar, Rossiya prezidentini o‘zining asosiy modeli, deb hisoblamasligini ta’kidladi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi