XXR ning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash siyosati JST qoidalariga zid kelmaydi. Xitoy tomoni mazkur masalada AQShning JST ga arz topshirganidan afsus bildirib, o‘zaro kelishmovchiliklarni hal etish qoidalariga mos ravishda harakat qilishini bildirgan. Bu haqda, XXR tijorat vazirligi xabarida so‘z yuritilgan, deyiladi .
13 sentyabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama ma’lum qilganidek, uning ma’muriyati Jahon savdo tashkilotiga Xitoy ustidan ariza topshirgan. Vashington fikricha, XXR bug‘doy, makkajo‘xori va sholi narxlariga subsidiya ajratmoqda.
"Xitoy tomoni AQSh ning JST ga murojaatidan afsusini bildirib, tortishuvlarni hal etish qoidalariga muvofiq holda zaruriy choralarni ko‘radi va Xitoyning savdo hamda qishloq xo‘jaligi manfaatlarini faol himoya qiladi", — deyiladi ma’muriyat bayonotida.
Xitoy savdo ma’muriyatlari JST qoidalariga zid faoliyat yuritmaydi.
Tijorat vazirligida ta’kidlashlaricha, Xitoy tomoni JST qoidalarini hurmat qilgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Ayni qoidalar asosida mamlakat qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
AQSh ga ko‘ra, Xitoy bug‘doy, makkajo‘xori va sholi narxini bozordagidan birmuncha yuqoriroq belgilagan. Bu esa, JST talabiga mos kelmaydi. Shunga ko‘ra, "adolatsiz o‘rnatilgan narxlar Xitoyda bu mahsulotlarni ko‘p ishlab chiqarishga olib keladi. Bu esa, mazkur mahsulotlarni eksport qiluvchi amerikalik fermerlarning manfaatlariga ziddir". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?